O‘zbekistonlik bokschilar Jahon Chempionatida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi

O‘zbekistonlik bokschilar Jahon Chempionatida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi
11/30261609_030785472_1920x0_80_0_0_29d06f5ecbdff72333a34cd81ed82ee8_jpg.webp[/img]
O‘zbekistonlik bokschilar Ispaniyada bo‘lib o‘tayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatida ikkita oltin medal qo‘lga kiritishdi. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.

Ispaniyaning La Nusiya shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Kecha yosh bokschilar ishtirokidagi final janglari boshlandi. Dastlab -48 kg vazn toifasida ishtirok etgan Gulsevar G‘aniyeva hindistonlik Bavna Sharma ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik bokschilar Jahon Chempionatida ikkita oltin medalni qo‘lga kiritishdi
© O‘zbekiston boks federatsiyasi
Shuningdek, ikkinchi oltin medalni chempionatda -54 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Baxtiyor Asadov qo‘lga kiritdi. U finalda meksikalik Ezekiyel Kabreraga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.