Lionel Messi va Niderlandiya murabbiylar shtabi o‘rtasida mojaro yuzaga keldi

Lionel Messi va Niderlandiya murabbiylar shtabi o‘rtasida mojaro yuzaga keldi
Foto: Reuters
Lionel Messi va Niderlandiya terma jamoasi murabbiylari o‘rtasida mojaro yuzaga keldi.

Argentina terma jamoasi hujumchisi JCH—2022 chorak finalida Niderlandiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng raqib jamoa zaxira o‘rindig‘iga yaqinlashdi va u yerda o‘tirgan murabbiylar shtabiga qarata baland ovozda gapirdi.

Tasvirga 35 yoshli argentinalikning murabbiy yordamchisi Edgar Davidsga qarab kamroq gapir ishorasini qilganini ko‘rish mumkin.
Lionel Messi va Niderlandiya murabbiylar shtabi o‘rtasida mojaro yuzaga keldi
Foto: Reuters
O‘yindan so‘ng esa Messi jurnalistlar bilan suhbatda van Galni tanqid qildi: «U yaxshi o‘yin ko‘rsatish haqida gapiradi va maydonga baland bo‘yli futbolchilarini tashlaydi».

O‘yindan oldin niderlandiyalik mutaxassis: «Qarzni qaytarish lozim. Ular o‘tgan safar bizni penaltilarda yutib ketgandi», — degan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.