«Borussiya» Dortmund 19 yoshli Usmon Dembele bilan shartnoma imzoladi

«Borussiya» Dortmund 19 yoshli Usmon Dembele bilan shartnoma imzoladi
«Borussiya» Dortmund 19 yoshli Usmon Dembele bilan shartnoma imzoladi

Dortmundning «Borussiya» klubi Fransiyaning «Renn» jamoasi hujumchisi Usmon Dembele bilan shartnoma imzolangani haqida rasmiy xabar tarqatdi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

Hozircha «Renn» a’zosi bo‘lib turgan futbolchi 2021 yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.

Futbolchiga juda ko‘plab jamoalar qiziqish bildirgandi. Biroq futbolchi aynan dortmundliklar safiga borib qo‘shilishni istadi.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi uchun dortmundliklar 15 mln evro va turli bonuslar orqali to‘lov amalga oshiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.