Krishtianu Ronaldu: Yevropadagi faoliyatim yakunlandi. U yerda barcha sovrinni qo‘lga kiritib bo‘ldim

Krishtianu Ronaldu: Yevropadagi faoliyatim yakunlandi. U yerda barcha sovrinni qo‘lga kiritib bo‘ldim
Krishtianu Ronaldu «An-Nassr» tibbiy ko‘rigidan muvaffaqiyatli o‘tdi.

Portugaliyalik futbolchi 3 yanvar kuni Saudiya klubi bilan transfer masalasini yakunlash bo‘yicha Ar-Riyodga tashrif buyurdi. 37 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rik vaqtidagi rasmini ijtimoiy tarmoqqa joyladi.
Krishtianu Ronaldu: Yevropadagi faoliyatim yakunlandi. U yerda barcha sovrinni qo‘lga kiritib bo‘ldim
Skrin: Instagram / Ronaldu
Shuningdek, hujumchi taqdimot marosimida ham ishtirok etdi: «Yevropadagi faoliyatim yakunlandi. Men u yerda barcha sovrinni qo‘lga kiritdim, grand jamoalarda to‘p surdim. Endi Osiyoda meni yangi chaqiriq kutib turibdi.

\'An-Nassr\' menga ushbu imkoniyatni taqdim etganidan xursandman. Men baxtliman va bundan faxrlanaman
», — deydi Ronaldu.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.