"Bolonya" ustidan qozonilgan g‘alaba Mourino uchun qimmatga tushdi

"Bolonya" ustidan qozonilgan g‘alaba Mourino uchun qimmatga tushdi
Rimning \"Roma\" klubi yetakchilari Nikolo Dzanolo va hujumchi Paulo Dibala biroz oldin yakuniga yetgan A Seriyaning \"Bolonya\"ga qarshi uchrashuvda jarohat oldi.

Jarohatdan so‘ng ular o‘yinni davom ettira olishmadi. Dastlab 60-daqiqada Dzanolo o‘rniga Temmi Abraxam maydonga tushdi. U murabbiydan buni shaxsan o‘zi so‘ragan. 74-daqiqada esa Dibalani Edoardo Bove almashtirdi. Jarohat jiddiyligi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot uchun, 23 yoshli Dzanolo joriy mavsum \"Roma\" safida 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 29 yoshli Dibalaning hisobida esa 13 ta o‘yindagi 7 gol va 2 ta golli uzatma mavjud.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.