A Seriya klubi Shomurodovni ijaraga olish uchun rasmiy taklif bilan chiqdi

A Seriya klubi Shomurodovni ijaraga olish uchun rasmiy taklif bilan chiqdi
Eldor Shomurodov katta ehtimol bilan faoliyatini \"Torino\"da davom ettiradi.

Taniqli insayder Janluka di Marsio tarqatgan xabarga ko‘ra, turinliklar legionerimizni ijaraga olish maqsadida \"Roma\"ga rasmiy taklif yuborgan. Hujjatga ko‘ra, jamoa Shomurodovni 12 million yevro evaziga xarid qilish sharti bilan 1 yilga ijaraga olmoqchi.

Hozircha, rimliklarning bu so‘rovga javobi aniq emas. Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring!
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.