BMB futzal klubining braziliyalik legioneri O‘zbekistonga yetib keldi

BMB futzal klubining braziliyalik legioneri O‘zbekistonga yetib keldi
O‘z oldiga katta maqsadlarni qo‘ygan BMB professional futzal klubi O‘zbekiston futzal tarixida o‘chmas iz qoldirmoqda. Qishki transferlar oynasida BMB futzal jamoasi o‘z safiga yana bir braziliyalik iqtidorli futzalchi Alan Estrela Da Silvani qo‘shib olgan edi.

17 yanvar kuni braziliyalik futzalchi Alan O‘zbekistonga yetib kelgan. Bugun klub prezidenti Bekzod Mamatqulov futzalchi bilan uchrashdi. U BMB futzal jamoasining mavsumdagi vazifasi, kelajakdagi reja va maqsadlari bilan tanishtirildi.
BMB futzal klubining braziliyalik legioneri O‘zbekistonga yetib keldi
Alan o‘z mahorati va tajribasini O‘zbekiston futzal sport turini rivojlantirishga qaratishini aytib o‘tdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.