FIFA referisi Ravshan Ermatov xonanda Munisa Rizaeva qarshisida futbol o‘ynaydigan bo‘ldi


Futbol bo‘yicha Jahon Chempionati bellashuvlarida eng ko‘p uchrashuv boshqargani bilan mashhur bo‘lgan o‘zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov 31 may kuni «O‘zbekiston» sport majmuasida futbol o‘ynaydi. Shou-uchrashuv sobiq futbolchi Azamat Abduraimovning 50 yoshga to‘lishi munosabati bilan tashkil etiladi, deb yozadi “Darakchi\" nashri.
Azamat Abduraimov va uning yaqinlaridan tashkil topgan jamoa Ravshan Ermatov jamoasiga qarshi zalga chiqadi. Unda 1994 yilgi Osiyo o‘yinlarida zafar quchgan futbol yulduzlari, kino aktyorlar hamda estrada yulduzlarining ishtirok etishi kutilmoqda. Mazkur tadbirning maxsus mehmoni sifatida qo‘shiqchi Munisa Rizaeva ishtirok etadi.
15:00 da boshlanadigan shou-uchrashuvdan oldidan bolalar o‘rtasida «Chempionlar Kubogi» deb nom olgan xayriya turniri o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, 1966 yilda tavallud topgan Azamat Abduraimov o‘z vaqtida Toshkentning «Paxtakor», Namanganning «Navbahor», Toshkent viloyatining «Do‘stlik» jamoalarida to‘p surgan. Shuningdek, Bangladesh, Malayziya, Hindiston, Saudiya Arabistoni chempionatlarida ishtirok etgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













