Bartomeu: «Barselona» Messi uchun Evropadagi eng so‘nggi jamoasi bo‘ladi

Bartomeu: «Barselona» Messi uchun Evropadagi eng so‘nggi jamoasi bo‘ladi
Bartomeu: «Barselona» Messi uchun Evropadagi eng so‘nggi jamoasi bo‘ladi

“Barselona” klubi prezidenti Xosep Mariya Bartomeu jamoa etakchilari Messi, Neymar va Suares hech qaerga ketmasligini aytdi. Bu haqda \"Uff.uz\" xabar berdi.

“Messi, Neymar yoki Suares “Barselona”dan ketmaydi. Ularning hammasi bu erda baxtiyor. Har bir futbolchi ushbu klubda to‘p surishni orzu qiladi va ketish haqida o‘ylamaydi. Hech kim menga ketish borasida murojaat qilmadi va hamma uchun xotirjamman.

Matbuotda tarqalayotgan xabarlarni o‘qib turaman. Albatta, Evropa grandlarining “Barselona” futbolchilari bilan qiziqishi yaxshi, ular bunga munosib. Lekin ular baxtiyor ekanini yana bir bor ta’kidlayman.

Messi bilan bir necha oy avval suhbatlashganimda, “Barselona” uning Evropadagi so‘nggi klubi bo‘lishini aytgandi. U Evropadagi faoliyatini aynan shu erda tugatmoqchi”, – dedi Bartomeu.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.