Ronalduning "pokeri" evaziga "An-Nasr" yirik g‘alaba qozondi

Ronalduning "pokeri" evaziga "An-Nasr" yirik g‘alaba qozondi
Saudiya Arabistoni chempionatining 16-turidan o‘rin olgan \"Al-Vehda\" va \"An-Nasr\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda mehmonlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi barcha gollarni portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi. Legionerimiz Jaloliddin Masharipov asosiy tarkibda maydonga tushib, 83-daqiqada zaxiraga olindi.
Ronalduning "pokeri" evaziga "An-Nasr" yirik g‘alaba qozondi
\"Al Vehda\" - \"Al Nasr\" 0:4
Gollar
: Krishtianu Ronaldu (21, 40, 51-pen, 61).

Ma’lumot uchun, \"An-Nasr\" bu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 37taga yetkazib, peshqadamlikni davom ettirmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.