"Turon" klubi Serbiyaning eng yaxshi to‘purarlaridan birini transfer qildi

"Turon" klubi Serbiyaning eng yaxshi to‘purarlaridan birini transfer qildi
“Turon” klubi transfer oynasi yopilishiga yaqin o‘zi uchun muhim transferni hal qildi. Gap shundaki, serbiyalik 35 yoshli tajribali hujumchi Milan Boyovich “Turon” klubi bilan shartnoma tuzdi. Bu xususida futbolchining agenti Sports.uz muxbiri Shuhratbek Jo‘rayevga ma’lum qildi.
"Turon" klubi Serbiyaning eng yaxshi to‘purarlaridan birini transfer qildi
Qolaversa, Boyovich bilan shartnoma imzolangani haqida uning agenti tomonidan o‘zining instagramdagi sahifasida ham e’lon qildi.

Serbiyalik hujumchi faoliyati davomida shu kungacha 150 ziyod gollarga mualliflik qilgan. Serbiyada “Radnichki Stobeks”, “Srem”, “Teleoptik”, “Chukarichki”, “Yagodina”, “Voyvodina”, “Radnichki Nish” va “Mladost” kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Shuningdek, Gretsiyada “Panetolikos” hamda “Larisa”, Isroilda “Bney Saxnin”, Qozog‘istonda esa “Qaysar” bilan “Jetisu” tarkibida o‘ynagan. 2019 yildan beri Serbiya chempionatida “Mlados” uchun to‘p surib kelgan va u yerda 91 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 45 ta gol urgan.

Aytishlaricha, Boyovich Serbiya tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri ekan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.