"Spetsiya" o‘z maydonida "Yuventus"ga mag‘lub bo‘ldi, Shomurodov to‘liq o‘ynadi

"Spetsiya" o‘z maydonida "Yuventus"ga mag‘lub bo‘ldi, Shomurodov to‘liq o‘ynadi
Italiya A Seriyasining 23-turidan o‘rin olgan \"Spetsiya\" va \"Yuventus\" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda turinliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi gollaga Moyze Kin va Di Mariya mualliflik qildi. \"Spetsiya\" tarkibida harakat qilayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov bahsni asosiy tarkibda boshlab, to‘liq harakat qildi.

Ma’lumot uchun, \"keksa senoralar\" mazkur g‘alabadan keyin ochkolar sonini 32 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Spetsiya – Yuventus 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar
: 0:1 – 32 Kin, 0:2 – 66 Di Mariya.
Spetsiya – Drongovski (Marketti, 25), Amyan, Nikolau, Ampadu, Retsa, Ekdal (Kaldara, 79), Burabiya, Agudelo (Nzola, 59), Djasi, Shomurodov, Verde (Maldini, 79).
Yuventus – Perin, Aleks Sandro, Danilo, Rugani, Kuadrado (De Shilo, 46), Kostich (Ayling, 81), Paredes (Fadjoli, 46), Rabo, Lokatelli, Kin (Di Mariya, 56), Vlaxovich (Bonuchchi, 90).
Ogohlantirishlar: Lokatelli (1), Agudelo (16), Fadjoli (51), Retsa (55).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.