"Spetsiya" ustozi gol ura olmayotgan Shomurodov haqida nimalar dedi?

"Spetsiya" ustozi gol ura olmayotgan Shomurodov haqida nimalar dedi?
A Seriya 23-turida \"Spetsiya\" \"Yuventus\"ni mehmon qildi va 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Garchi, spetsiyaliklar imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da, o‘yin tomonlama \"Yuventus\"dan qolishgani yo‘q.

Uchrashuvdan so‘ng \"Spetsiya\" ustozi Fabritsio Loreri Turin klubiga qarshi o‘yin hamda Shomurodov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

\"Yigitlar butun o‘yin davomida ajoyib futbol namoyish etdi. Statistika ham gapimni isbotlaydi. Sensatsiya yaratish uchun imkoniyatimiz bor edi...

Shomurodov tobora o‘sib bormoqda. U biz uchun muhim futbolchi va holati kundan-kunga yaxshilanyapti. \"Yuventus\"ga qarshi Eldor buni yana bir bor isbotladi
\", - dedi Loreri.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.