Avstraliya U-20 termasi bosh murabbiyi: "Jahon chempionatida Osiyo sharafini himoya qilmoqchi edik, ammo endi bu imkonsiz"

Avstraliya U-20 termasi bosh murabbiyi: "Jahon chempionatida Osiyo sharafini himoya qilmoqchi edik, ammo endi bu imkonsiz"

U-20 Osiyo kubogining chorak final bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston U-20 – Avstraliya U-20 o‘yinidan (1:1, pen. seriyasi 5:4) so‘ng Avstraliya termasi bosh murabbiyi Trevor Morgan matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida 

- Birinchi navbatda, O‘zbekistonni tabriklayman. Bugungi o‘yinimizdan hafsalam pir bo‘ldi. Natija biz kutgandek bo‘lmadi va Jahon chempionatidan quruq qoldik.

- 33 mingdan ortiq muxlislar o‘yiningizga qanchalik ta’sir ko‘rsatdi deb o‘ylaysiz?

- Aniqki, buning ta’siri bo‘ldi, ammo bu futbol. Buncha muxlis qarshisida o‘ynash biz uchun ham katta tajriba bo‘ldi.

- Natija Avstraliya uchun qoniqarsiz. Umuman olganda esa bu musobaqadan foydali nima oldingiz?

- Biz bu musobaqada ajoyib xarakter ko‘rsatdik. Aynan shu jihatdan jamoamiz ancha o‘sdi. Biz Osiyo sharafini Jahon chempionatida himoya qilmoqchi edik, ammo endi bu imkonsiz.

- Musobaqaning tashkiliy masalalari haqida fikringiz qanday? Umuman olganda siz Toshkentda birinchi marta emassiz...

- Umuman olganda yaxshi. Lekin mashg‘ulot maydonlari bilan muammolar bor edi.

- Qo‘shimcha bo‘limlarning ikkinchisida deyarli hujum qila olmadingiz. Bu charchoq bilan bog‘liqmidi?

- Hujum qilmadik? Bu sizning fikringiz. Men bunday deb o‘ylamayman.

- Segichich oxirgi penalti zarbasida to‘sinni nishonga olganda qanday hislar o‘tdi. Agar o‘sha vaziyat gol bo‘lganda, barchasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi...

- Biz bu musobaqada ajoyib harakat qildik. Bu futbol. Siz barcha narsani to‘g‘ri qilishingiz mumkin, ammo birgina jihat yetishmasa ham bu natijaga ta’sir o‘tkazadi. Segichichga kelsak, u ajoyib futbolchi. Bu musobaqada jamoadoshlarini ruhlantirdi, ajoyib xarakter ko‘rsatdi va ko‘p joyda jamoamizga yordam berdi. Xato esa hammada bo‘ladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.