Davron Fayziyev "Qo‘qon-1912" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi

Davron Fayziyev "Qo‘qon-1912" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi
Davron Fayziyev "Qo‘qon-1912" bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi
\"Qo‘qon-1912\" jamoasi rahbariyati Davron Fayziyevning iste’foni qabul qildi.
 
\"Qo‘qon-1912\" jamoasining murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘ldi. Shu kunga qadar jamoamizni bosh murabbiy sifatida boshqarib kelgan Davron Fayziyev \"Lokomotiv\"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida rahbariyatdan iste’fo so‘ragandi.
 
Shundan so‘ng \"Qo‘qon-1912\" jamoasi rahbariyati Davron Fayziyev iste’foni qabul qildi. Shu tariqa, \"Qo‘qon-1912\" jamoasi hamda Davron Fayziyev o‘rtasidagi bitim har ikki tomonning roziligiga ko‘ra bekor qilindi. Shuningdek, Davron Fayziyevning murabbiylik shtabida ishlagan Shavkat Abduxo‘jayev va Xislat Chilmatov bilan ham ikki tomonlama shartnoma bekor qilindi.
 
Muborakning \"Mash’al\" jamoasiga qarshi O‘zbekiston Kubogining ikkinchi turiga jamoani Rahmatjon Inog‘omov va Andrey Baklanov tayyorlaydi.
 
\"Qo‘qon-1912\" jamoasi rahbariyati bir nechta tajribali murabbiylar bilan muzorakarlarga kirishgan. Yaqin orada yangi bosh murabbiy nomi rasman e’lon qilinadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.