Xavi: Messini Ronaldu, Robben va Aguero bilan tenglashtiradiganlar xato qiladi


\"Barselona\" klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi navbatdagi marta kataloniyaliklar hujumchisi Lionel Messi haqida iliq fikr bildirdi.
\"Messi - dunyo futboli tarixidagi eng kuchli futbolchi. Jamoaviy o‘yinda bir futbolchi bu qadar katta ahamiyat kasb etishi bemisl hodisadir. Leo barcha jihatdan eng kuchli. Uni Ronaldu, Robben va yoki Agueroga qiyoslaydiganlar qattiq adashadilar.
Boz ustiga Messi ajoyib qalb sohibi hamdir. U chetdan qaraganda ko‘ringanidek emas\", - deydi Xavi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













