Boks. JCH-2023. Hasanboy Do‘smatov kubalik raqibini qiyinchiliksiz taslim etdi

Boks. JCH-2023. Hasanboy Do‘smatov kubalik raqibini qiyinchiliksiz taslim etdi
Boks. JCH-2023. Hasanboy Do‘smatov kubalik raqibini qiyinchiliksiz taslim etdi
Toshkent mezbonligida o‘tayotgan boks bo‘yicha 2023 yilgi Jahon chempionatining 9-kungi bahslari 9 may, seshanba kuni bo‘lib o‘tmoqda.
 
-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov Erislan Romeroga (Kuba) qarshi ringga ko‘tarildi. Birinchi raundda Hasanboy 5:0 hisobida g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi raundni ham Do‘stmatov o‘z foydasiga hal qildi. Uchinchi raundda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmay, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
 
Hasanboy saralash bosqichida Meksika vakili Alberto Ximenesdan ustun kelgandi. Keyingi bosqichda esa marokashlik Said Mortaji mag‘lub etilgandi.
 
9 may kungi dasturda Saidjamshid Ja’farov (-71 kg), Oybek Jo‘rayev (-54 kg), Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) va A’loxon Abdullayev (-75 kg) o‘z janglarini o‘tkazadi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.