Hasanboy Do‘smatovning asosiy raqiblari kimlar?

Hasanboy Do‘smatovning asosiy raqiblari kimlar?
Hasanboy Do‘smatovning asosiy raqiblari kimlar?
Toshkentdagi \"Humo arena\"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida chorak finallar boshlanmoqda.
 
-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov yaponiyalik Tomoya Suboiga qarshi ringga ko‘tarildi. Jangda Hasanboy 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, hamyurtimiz yarim finalga yo‘l oldi. Shu bilan birga kamida bronza medali va 50 ming dollarni naqd qildi.
 
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng bokschimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
 
- Jang ancha hayajonli va katta mas’uliyat yuklardi. Chunki g‘olib medallarga da’vogarlik qiladi. Raqibim amaldagi jahon chempioni. Shuning uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Bu yerda taktikani ozgina o‘zgartirdik. Agar avvalgi uslubda jang qilganimda, balki boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi.
 
Charchoq? Endi har kuni jang o‘tkazyapmiz. Shu bois bilinadi. Qolaversa, raqiblar ham jiddiylashdi. Asosiy raqibim sifatida hindistonlik va fransiyalik bokschilarni ko‘rmoqdaman, - dedi Hasanboy Do‘smatov.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.