Shohjahon Abdullayev amaldagi jahon chempioniga yutqazib qo‘ydi

Shohjahon Abdullayev amaldagi jahon chempioniga yutqazib qo‘ydi
Shohjahon Abdullayev amaldagi jahon chempioniga yutqazib qo‘ydi
Toshkentdagi \"Humo arena\"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
 
-86 kg vazn toifasida Shohjahon Abdullayev ozarbayjonlik Alfonso Domingez bilan ringga ko‘tarildi. Bokschimiz ko‘k libosda, uning raqibi qizil formada harakat qildi.
 
Birinchi raund Shohjahonning foydasiga - 4:1.
 
Ikkinchi raundda Alfonso Domingezning qo‘li baland keldi - 1:4.
 
Uchinchi raundda ham Alfonso Domingez ustunlikka erishdi - 2:3. Yakuniy hisob 2:5, ozarbayjonlik bokschi yarim finalda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.