Payetning goli Evropa chempionatlari tarixidagi eng kech urilgan gol bo‘ldi

Payetning goli Evropa chempionatlari tarixidagi eng kech urilgan gol bo‘ldi
Payetning goli Evropa chempionatlari tarixidagi eng kech urilgan gol bo‘ldi

Evro-2016 guruh bosqichining ikkinchi turida Fransiya termasi Albaniyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Har ikki gol uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida kiritildi. Dimitri Payet tomonidan urilgan ikkinchi gol qo‘shimcha oltincha daqiqada urildi. Bu Evropa chempionatlarining asosiy bo‘limlarida eng kech urilgan gol bo‘lib tarixga kiradigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bu Payetning musobaqadagi ikkinchi goli. U Ruminiyaga qarshi o‘yinda ham so‘nggi daqiqalarda gol urib. Fransiyaga g‘alaba keltirgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.