Ronaldu xalqaro turnirlarda jarima zarbalarini noaniq tepish bo‘yicha aksilrekordchisiga aylandi


Portugaliya futbol terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu yirik xalqaro turnirlarda jarima zarbalarini noaniq amalga oshirish bo‘yicha aksilrekordchiga aylandi, deb xabar bermoqda “Daryo.uz”.
31 yoshli forvard Islandiyaga qarshi (1:1) Evro–2016 guruh bosqichi 1-tur o‘yinining so‘nggida yirik xalqaro turnirlardagi 33 va 34-noaniq jarima zarbalarini amalga oshirdi.
Opta statistik agentligi jahon va Evropa chempionatlarida qaysi futbolchi eng ko‘p noaniq jarima zarbasini amalga oshirganini hisoblab chiqdi.
Quyida jahon va Evropa chempionatlarida jarima zarbalarini eng ko‘p noaniq amalga oshirgan besh futbolchi bilan tanishing:
1) Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) – 34 jarima zarbasi amalga oshirildi / 0 gol kiritildi;
2) George Xaji (Ruminiya) – 27 / 0;
3) Ronald Kuman (Gollandiya) – 22 / 0;
4) Uesli Sneyder (Gollandiya) – 18 / 0;
5) Franchesko Totti (Italiya) – 18 / 0.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













