Ronaldu raqibini mensimay, unga futbolkasini bergisi kelmadi

Ronaldu raqibini mensimay, unga futbolkasini bergisi kelmadi
Ronaldu raqibini mensimay, unga futbolkasini bergisi kelmadi

Futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi Evro–2016 guruh bosqichida Islandiya bilan kutilmaganda durang (1:1) o‘ynab qo‘ydi. Uchrashuvdan so‘ng islanliyaliklar durangni xuddi bayramdek nishonladi.

Islandiya termasi a’zosi Aron Gunnarsson o‘yin tugagach, portugallar etakchisi Ronaldu bilan futbolka almashmoqchi bo‘ldi. Biroq, 31 yoshli forvard raqibini mensimadi.

Gunnarsson Ronalduga fubolka almashish uchun ikki marta murojaat qilganida, Ronaldu unga “Futbolka almashamiz, kimsan o‘zi?” degan javob qaytardi.

Ronaldu mag‘lubiyat alamida bo‘ligani uchunmi, yoki raqibini mensimagani uchunmi futbolkasini berishdan bosh tortdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.