Zidan o‘zi o‘ynagan davr bilan hozirgi futbolni solishtirdi


Zinedin Zidanning fikricha, unga zamonaviy futbolda to‘p tepish qiyinroq bo‘lar edi. U bu haqda quyidagi fikrlarni aytdi.
\"Avvallari futbol hozirgidek emasdi. Ko‘p narsaga faqat texnika orqali erishish mumkin bo‘lgan. Menimcha, ayni vaqtda bu qiyinroq.
Bugungi futbol boshqacha va agar men hozir o‘ynaganimda, ehtimol, mening jismoniy holatim talab darajasida bo‘lmasdi\", - dedi \"Real\"ning sobiq bosh murabbiyi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Zidan murabbiylik faoliyatini davom ettirish niyatida. Unga PSJ hamda Saudiya Arabistoni klublaridan takliflar bor.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













