"Galatasaroy" Eldor Shomurodov transferiga yana qaytdi

"Galatasaroy" Eldor Shomurodov transferiga yana qaytdi

\"Galatasaroy\" o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov transferiga qaytdi. Bu haqda jurnalist Yaqub Chinor xabar berdi. Rim klubi bilan muzokaralar davom etmoqda. Turkiya futbol federatsiyasining yangi qoidalariga ko‘ra Shomurodov legioner hisoblanmaydi.

2022/23 yilgi mavsumda Shomurodov barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Hujumchining \"Roma\" bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. \"Transfermarkt\" portali ma’lumotlariga ko‘ra, Shomurodovning ayni paytdagi narxi olti million yevro.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.