Neymarning otasi “Real”ning umidini yo‘qqa chiqardi

Neymarning otasi “Real”ning umidini yo‘qqa chiqardi
Neymarning otasi “Real”ning umidini yo‘qqa chiqardi

“Barselona” jamoasi hujumchisi Neymarning otasi va shu bilan birga agenti o‘g‘lining boshqa klublar bilan muzokaralar o‘tkazmayotganini ma’lum qildi.

“Neymar to‘laqonli “Barselona”ga tegishli. Shu sabali, barcha taklif va xabarlar klub orqali o‘tadi. Hech qanday takliflar haqida gap bo‘lishi mumkin emas. O‘g‘limning amaldagi shartnomasi bor. Neymarga boshqa klublardan qiziqish bor degani muzokaralar o‘tkazilyapti degani emas. U amaldagi shartnomasini tugatib berishi kerak. “Real”ning esa o‘g‘limni sotib olish imkoniyati nolga teng”, – dedi Neymarning otasi.

Avvalroq 24 yoshli braziliyalik futbolchining xizmatlariga “Manchester Yunayted”, “PSJ” va “Real” qiziqiyotgani ma’lum bo‘lgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.