"Barselona"ni 8 nafar futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

"Barselona"ni 8 nafar futbolchiga chiqish eshigini ko‘rsatdi

Kataloniyaning \"Barselona\" klubi yozgi transfer oynasida keraksiz o‘yinchilarni ommaviy sotishni yo‘lga qo‘ymoqchi. “Ko‘k-anorranglilar” sport direktori Mateu Alemani birdaniga bir guruh futbolchilardan qutulishga qaror qildi.

Insayder Xavi Migelning ma’lum qilishicha, ro‘yxatga sakkiz nafar futbolchi kiritilgan. Bular: Kleman Lengle, Serjino Dest, Erik Garsiya, Frenk Kessi, Pablo Torre, Niko Gonsales, Ferran Torres va Aleks Kolyado. Kataloniyaliklar bu futbolchilar uchun takliflarni kutishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunida \"Barselona\" Ispaniya chempioniga aylangandi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.