CAFA Futsal Cup-2023. O‘zbekiston Turkmanistonni mag‘lubiyatga uchratdi

CAFA Futsal Cup-2023. O‘zbekiston Turkmanistonni mag‘lubiyatga uchratdi

Foto: O‘FA
Tojikiston poytaxti Dushanbeda CAFA Futsal Cup-2023 turniri 3-turi doirasida O‘zbekiston hamda Turkmaniston milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi.

Bahodir Ahmedov shogirdlari musobaqadagi uchinchi o‘yinida turnirdagi 2-g‘alabasini rasmiylashtirdi. Ixtiyor Ropiyev, Akbar Usmonov va Ilhom Hamroyevning uchta goliga qo‘shnilarimiz bitta gol bilan javob qaytarishdi – 3:1.

Shu tariqa, O‘zbekiston guruhdagi ochkolari sonini 6taga yetkazib, hozircha 2-o‘ringa ko‘tarildi. Bugun tur doirasida Eron – Afg‘oniston, Tojikiston – Qirg‘iziston o‘yinlari o‘tkaziladi. Vakillarimiz dastlabki ikki turda mezbonlarni mag‘lub etgan, afg‘onlarga esa yutqazgandi.

CAFA Futsal Cup-2023. 3-tur
O‘zbekiston – Turkmaniston – 3:1
Gollar: Ixtiyor Ropiyev 3\', Akbar Usmonov 13\', Ilhom Hamroyev 35\' - Shiri Bayramdurdiyev 37\'.
O‘zbekiston: 1. Ravshan Eliboyev, 2. Xushnud Erkinov, 3. Mashrab Odilov, 5. Sunnatilla Jo‘rayev, 11.Akbar Usmonov. 
Zaxira: Abbos Elmurodov, Ilhomjon Hamroyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev, Ixtiyor Ropiyev, Abdulla Solihov, Abduvaliyev.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.