Uels termasi Belgiyaning «oltin avlodi»ni «tiz cho‘ktirdi» va yarim finalga yo‘l oldi

Uels termasi Belgiyaning «oltin avlodi»ni «tiz cho‘ktirdi» va yarim finalga yo‘l oldi
Uels termasi Belgiyaning «oltin avlodi»ni «tiz cho‘ktirdi» va yarim finalga yo‘l oldi

Evro-2016 musobaqasining chorak finalidan o‘rin olgan Uels hamda Belgiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

Unda 3:1 hisobi qayd etilib, uelsliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Aslida, bu o‘yin oldidan ko‘pchilik Belgining shubhasiz g‘alabasini kutgandi. Ammo, tarkibida Angliya Chempionshipida harakat qiladigan futbolchilari bor Uels termasi raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

To‘g‘ri, avvaliga hisobni Belgiya futbolchilari ochishdi, ammo keyin Uelsni to‘xtatib bo‘lmadi. Uilyams, Robson-Kanu va Voukslar bittadan gol urib, haqli g‘alabani tantana qilishdi.

Endi Uels termasi yarim finalda Portugaliyaga qarshi to‘p suradigan bo‘ldi.

Evro-2018, 1/4 final
Uels – Belgiya 3:1

Gollar: 0:1 – 13 Nainggolan, 1:1 – 30 Uilyams, 2:1 – 55 Robson-Kanu, 3:1 – 85 Vouks.
Uels – Xennessi, Uilyams, Devis, Teylor, Chester, Robson-Kanu (Vouks, 80), Allen, Beyl, Remzi, Ledli (King, 78), Ganter.
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Lukaku (Mertens, 75), Mene, Denayer, Nainggolan, Vitsel, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko (Fellayni, 46), Azar, Lukaku (Batshuayi, 83).
Ogohlantirishlar: Devis (5), Chester (16), Ganter (24), Fellayni (59), Remzi (75), Alderveyreld (85).

Manba: www.fut.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.