Ro‘ziqul Berdiyev: "Turon" bugun katta ishtiyoq evaziga g‘alabaga erishdi

\"Turon\" - \"Nasaf\" uchrashuvidan (1:0) so‘ng mehmon jamoa ustozi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Ro‘ziqul Berdiyev: \"Turon\"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Ular bugun katta ishtiyoq evaziga g‘alabaga erishishdi. Raqibning golidan avvalgi ikkita vaziyatdan foydalanganimizda, o‘yin umuman boshqacha kechgan bo‘lardi. \"Turon\" yaxshi himoyalandi, qarshi hujumlarda o‘zini ko‘rsatdi. \"Nasaf\"ni tanimadim\".
- Shuhrat Muhammadiyev nega birinchi bo‘limda almashtirildi?
- Muhammadiyev qanotda faol bo‘lishi kerak edi, shu bilan birga Jumanqo‘ziyevga qarshi kurashlarda passiv bo‘ldi. Shu sabab almashtirdik.
- Yangi legionerlar Jigauri va Chavesning moslashishi qiyin bo‘lyaptimi?
- Bunga vaqt kerak. Jamoada raqobat bo‘lishi, mavsum uzoqligini hisobga olib, bu yigitlarni \"Nasaf\"ga taklif qilganmiz.
- Kubok chorak finalida \"Turon\" bilan to‘qnash kelasiz...
- Ha, eshitdim, bu bahsgacha hali ancha bor. \"Turon\"ga qarshi bahs natijasi biz uchun qoniqarli bo‘ladi deb o‘ylayman.
- OCHL oldidan transferlardan qoniqdingizmi?
- Biz bergan takliflarning faqat ikkitasi amalga oshdi.













