Umar Momani: #Euro2016, Ronaldu finalda, Messi qamoqda

Umar Momani: #Euro2016, Ronaldu finalda, Messi qamoqda
Iordaniyalik karikaturachi animator Umar Momani ijod qilishda davom etadi. Bu safar u Evro-2016 va uning atrofidagi boshqa mavzularga e’tiborini qaratdi. Ularni e’tiboringizga havola qilamiz.

1. Pep Gvardiola va musiqa
Umar Momani: #Euro2016, Ronaldu finalda, Messi qamoqda

Joze Mourino \"Manchester Yunayted\"dagi ishi bilan ovora bo‘lib turgan paytdan foydalangan Gvardiola \"Manchester Siti\" muxlisi va \"Oazis\" guruhi gitarachisi Nobel Gallager bilan uchrashdi.

2. \"Milan\" kerakmi, olaveringlar!
Umar Momani: #Euro2016, Ronaldu finalda, Messi qamoqda

Silvio Berluskoni Italiyaning \"Milan\" jamoasini xitoylik sarmoyadorlarga sotib yuborishini tasdiqladi.

3. Yarim finalgacha-1
Umar Momani: #Euro2016, Ronaldu finalda, Messi qamoqda

Evro-2016da sensasiya qilgan debyutant jamoa Uels termasi kuchli tarkibga ega Belgiyani 3:1 hisobida taslim etib, yarim finalga yo‘l oldi.

4. Yarim finalgacha-2
Umar Momani: #Euro2016, Ronaldu finalda, Messi qamoqda

Germaniya terma jamoasi Evro-2016 chorak finalida Italiya ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi...

5. Yarim finalgacha-3
Umar Momani: #Euro2016, Ronaldu finalda, Messi qamoqda

Yarim finalda esa nemislarni musobaqa mezbonlari kutib turardi. Fransiya yana bir debyutant jamoa Islandiya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

6. Ronaldu finalda, Messi qamoqda
Umar Momani: #Euro2016, Ronaldu finalda, Messi qamoqda

Portugaliya terma jamoasi Uelsni mag‘lub etib, finalga chiqdi. Endi Ronaldu finalda o‘ynaydi, Messi esa soliq bilan bog‘liq muammolar tufayli qamoqqa ravona bo‘lishi mumkin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.