Yunus Ali: "OKMK O‘zbekiston chempionatida ko‘p o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlovi kuchli o‘yin ko‘rsatishimizga turtki bo‘ladi"

Yunus Ali: "OKMK O‘zbekiston chempionatida ko‘p o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlovi kuchli o‘yin ko‘rsatishimizga turtki bo‘ladi"

Osiyo Chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasidagi \"Al Arabi\" — OKMK uchrashuvidan oldin mezbonlar bosh murabbiyi Yunus Ali matbuot anjumanida ishtirok etdi.

\"11 yillik tanaffusdan so‘ng guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Shogirdlarimning kerakli natija qayd eta olishiga ishonaman. Garchand OKMK O‘zbekiston chempionatida ko‘p o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa-da, muxlislarimizning qo‘llab-quvvatlovi kuchli o‘yin ko‘rsatishimizga turtki bo‘ladi.

Chempionlar ligasi doirasidagi muhim o‘yinga tayyorlanish uchun Yevropada yig‘in o‘tkazdik. Aron Gunnarssonning jarohatini hisobga olmasa, jamoada barcha bo‘lajak o‘yinga shay holatda\", dedi qatarlik mutaxassis.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.