Rafinya: "OKMKga qarshi bahsda xotirjamlikka berilmasdan bor kuchimizni ishga solamiz"

Osiyo Chempionlar ligasi saralash bosqichi doirasidagi \"Al Arabi\" — OKMK uchrashuvidan oldin mezbonlar futbolchisi Rafinya Alkantara matbuot anjumanida ishtirok etdi.
\"Bo‘lajak o‘yin guruh bosqichi yo‘llanmasini taqdim etishini inobatga olsak, qiziqarli ruhda o‘tadi. Muxlislar qo‘llab-qullatlovi esa bizga kuch beradi. Shunga qaramay, xotirjamlikka berilmaymiz, aksincha, ushbu bosqichdan o‘tish uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Joriy yil Qatar amirligi kubogini qo‘lga kiritdik. Endilikda o‘z tajribamizni Osiyo Chempionlar ligasida namoyon etishga harakat qilamiz\", dedi braziliyalik hujumkor yarim himoyachi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













