Umarali Rahmonaliyev: "Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqqan edik"

Umarali Rahmonaliyev: "Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini o‘rganib chiqqan edik"

U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O‘zbekiston uchrashuvidan (0:10) so‘ng Umarali Rahmonaliyev bahs haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Umarali Rahmonaliyev: \"Bizni maydondan, uydan qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat aytamiz. Qanday hisob bo‘lishidan qat’iy nazar, hayolimizda 0:0 deb o‘yladik. Maksimal yirik hisobda g‘alaba qozonishga intildik. Navbatdagi bahs Eron bilan. Ushbu uchrashuvdan oldin maksimal natijaga erishishni xohladik\".

- Murabbiylar tomonidan hisobni o‘ta yirik ko‘rinishga keltirish borasida ko‘rsatmalar berildimi?

- Raqibni yaxshi o‘rganib chiqqan edik. Bahsgacha Gonkongning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko‘rib, ularning kuchsiz tomoniga zarba berishga urindik.

- Eronga qarshi bahs oson bo‘lmaydi...

- Eronga qarshi uchrashuvlar doimo qiyin bo‘lgan. Biz faqat g‘alaba maqsadida maydonga tushamiz.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.