U-17 jahon chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston Ispaniya, Mali va Kanada bilan bir guruhdan joy oldi

U-17 jahon chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston Ispaniya, Mali va Kanada bilan bir guruhdan joy oldi

Futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlandi.

Syurixda o‘tkazilgan qur’a tashlash natijalariga ko‘ra Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi \"B\" guruhidan joy oldi. Vakillarimiz ushbu guruhda Ispaniya, Kanada va Mali bilan to‘qnash kelishadi.

\"A\" guruhi: Indoneziya, Ekvador, Panama, Marokash.
\"B\" guruhi: Ispaniya, Kanada, Mali, O\'zbekiston.
\"C\" guruhi: Braziliya, Eron, Yangi Kaledoniya, Angliya.
\"D\" guruhi: Yaponiya, Polsha, Argentina, Senegal.
\"E\" guruhi: Franciya, Burkina Faso, Koreya Respublikasi, AQSH.
\"F\" guruhi: Meksika, Germaniya, Venesuela, Yangi Zelandiya.  

U-17 jahon chempionatiga qur’a tashlandi. O‘zbekiston Ispaniya, Mali va Kanada bilan bir guruhdan joy oldi

Eslatib o\'tamiz, o\'smirlar o\'rtasidagi ushbu jahon chempionati shu yil 10 noyabr - 2 dekabr kunlari o\'tkaziladi.

1-tur
10 noyabr

Ispaniya vs Kanada
Mali vs O\'zbekiston

2-tur
13 noyabr

Ispaniya vs Mali
O\'zbekiston vs Kanada

3-tur
16 noyabr

O\'zbekiston vs Ispaniya
Kanada vs Mali

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.