Osiyo o‘yinlari: Lazizbek Mullajonov xitoylik bokschiga yutqazib qo‘ydi

Xanchjouda davom etayotgan Osiyo o‘yinlarining bugungi kun dasturidan o‘rin olgan 4-bokschimiz ham ringga ko‘tarildi.
Ya’ni, -92kg vaznda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Lazizbek Mullajonov Xitoy vakili Xan Xuyenga qarshi jang qildi. Juda shiddatli va keskin o‘tgan jangda afsuski yurtdoshimiz 4:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa bugungi kungi dasturdan o‘rin olgan vakillarimizning chiqishi yakunlandi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













