Turkiyzabon mamlakatlarda futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Turkiyzabon mamlakatlarda futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Toshkent shahrida FIFA tadbirlari doirasida turkiyzabon davlatlar vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston, Turkmaniston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkiya, Vengriya, Ozarbayjon va Qozog‘iston futbol assotsiatsiyalari mutasaddilari ishtirok etishdi. Shuningdek, tadbirda OFK va UYEFA vakillari ham qatnashdi.

Ochiq va konstruktiv tarzda o‘tgan uchrashuvda mazkur mamlakatlarda futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, milliy terma jamoalar va klublar o‘rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Futbol bo‘yicha mutaxassislar, murabbiylar, hakamlar tayyorlash va o‘zaro tajriba almashish, futbol assotsiatsiyalari o‘rtasida har tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari keng muhokama qilindi.

Manba: O‘FA

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.