«Real» Andre Gomeshni 50 million evroga sotib olishga yaqin turibdi


«Valensiya» yarim himoyachisi Andre Gomesh faoliyatini «Real»da davom ettirishga yaqin turibdi, deb yozmoqda \"fut.uz\" sayti.
Xabar qilinishicha, «Real» rahbariyati yarim himoyachini 50 million evroga sotib olishga qaror qilishgan. Boz ustiga yana 5-10 million evro mukofot sifatida «Valensiya»ga to‘lanishi mumkin.
Ayni vaqtda muzokara jarayoni davom etmoqda. Klublar o‘rtasidagi munosabat yaxshi bo‘lgani bois «Valensiya» shartnomada ko‘rsatilgan 65 million evrodan kamroq pulga Gomeshni sotishi mumkin.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













