Abbosbek Fayzullayevga Turkiyaning "Fenerbaxche" klubidan qiziqish bor

Turkiyaning \"Fenerbaxche\" klubi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi bilan Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan, hozirda Moskvaning SSKA jamoasida to‘p tepayotgan Abbosbek Fayzullayevga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Turkiyaning \"Sporx.com\" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub bosh murabbiyi Ismoil Kartalning shaxsan o‘zi iste’dodli futbolchimizni jamoasida ko‘rishni istamoqda. Moliyaviy ma’lumotlar hozircha oshkor etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Abbosbek joriy mavsum SSKA safida RPLning 6 o‘yinida 1 ta gol va 1 ta assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













