Futzal. Osiyo Kubogi-2024 ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Futzal. Osiyo Kubogi-2024 ishtirokchilari ma’lum bo‘ldi

Futzal bo‘yicha 2024 yilgi Osiyo Kubogida qatnashadigan 16 terma jamoa nomi aniqlandi.

Tailand mezbonlik qiladigan turnirda saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan quyidagi mamlakatlar ishtirok etadi:

Tailand, Xitoy, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni, Eron, Qirg‘iz Respublikasi, Vetnam, Koreya Respublikasi, Myanma, Tojikiston, Kuvayt, Bahrayn, Iroq, O‘zbekiston, Yaponiya, Avstraliya.

Guruh bosqichiga 14 dekabr kuni qur’a tashlandi. Jamoalar 4 ta savatchaga bo‘lingan:

1-savatcha: Tailand (mezbon), Yaponiya, Eron, O‘zbekiston;

2-savatcha: Tojikiston, Vetnam, Kuvayt, Saudiya Arabistoni;

3-savatcha: Iroq, Bahrayn, Koreya Respublikasi, Myanma;

4-savatcha: Qirg‘iz Respublikasi, Afg‘oniston, Avstraliya, Xitoy.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yilgi Jahon chempionati O‘zbekistonda o‘tkaziladi. Mazkur musobaqaning eng yaxshi to‘rt mamlakati ham ushbu turnirga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.