Futbol karikaturalari: «Yuventus», «Liverpul», «Barselona» va Messi

Futbol karikaturalari: «Yuventus», «Liverpul», «Barselona» va Messi
Futbol olamidagi eng so‘nggi karikaturalardan bahramand bo‘ling. Marhamat.

1. \"Yuventus\" quturmoqda
Futbol karikaturalari: «Yuventus», «Liverpul», «Barselona» va Messi

Italiya jamoasi \"Yuventus\" A seriyadagi jamoalarning barcha futbolchilarini o‘ziniki qilib olmoqda. Hozircha faqat \"Milan\" hech nima yo‘qotmadi.

2. Pulmi, qizmi?
Futbol karikaturalari: «Yuventus», «Liverpul», «Barselona» va Messi

\"Keksa sinoralar\" hujumchi Gonsalo Iguainni o‘z safiga qo‘shib oldi. A seriyadagi eng shov-shuvli transferlardan biri shu bo‘lib turibdi.

3. \"Liverpul\"da tozalash ishlari
Futbol karikaturalari: «Yuventus», «Liverpul», «Barselona» va Messi

\"Liverpul\" jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp bir qator futbolchilarga javob berib yubordi. Jo Allen \"Stok Siti\"ga o‘tdi. Benteke ham ketish niyatida, Leyva esa \"Nyukasl\" yoki \"Galatasaroy\"ga o‘tishi mumkin. Markovich\"ga \"Shalke\" qiziqmoqda. Balotelli klub bilan xayrlashadi. Saxo esa terma jamoasiga jo‘natib yuborildi.

4. Jahldor Obameyang
Futbol karikaturalari: «Yuventus», «Liverpul», «Barselona» va Messi

\"Borussiya\" jamoasi futbolchisi Per Emerik-Obameyang jurnalistlardan norozi bo‘ldi. Uni faqat \"Real\" sotib olishi mumkinligi haqidagi aytgan gaplari yolg‘on ekani oydinlashdi. Futbolchi bunday gap aytmaganini ta’kidladi.

5. Van Gaalga klub bering
Futbol karikaturalari: «Yuventus», «Liverpul», «Barselona» va Messi

\"Manchester Yunayted\" jamoasi sobiq bosh murabbiyi Lui van Gaal ayni paytda ishsiz yuribdi.

6. Arbeloa va Pike jangi
Futbol karikaturalari: «Yuventus», «Liverpul», «Barselona» va Messi

Arbeloa va Pike o‘rtasidagi virtual jang nihoyasiga etdi. Arbeloaga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlab qo‘yishdi.

7. Mushuk-sichqon
Futbol karikaturalari: «Yuventus», «Liverpul», «Barselona» va Messi

Kataloniyaning \"Barselona\" jamoasi nihoyat Andre Gomeshning transferini e’lon qildi.

8. Messi va Pokemon GO
Futbol karikaturalari: «Yuventus», «Liverpul», «Barselona» va Messi

\"Barsa\" hujumchisi Lionel Messining yangi imiji katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Bu hatto Pokemon GO o‘yinidan ham oshib tushdi. Aytishlaricha, Messi yangi soch turmagini pokemonlardan olgan ekan.

Manba: Telegraf.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.