“Arsenal” rahbariyati yangi futbolchilarni sotib olishga mablag‘ ajratdi

“Arsenal” rahbariyati yangi futbolchilarni sotib olishga mablag‘ ajratdi
“Arsenal” rahbariyati yangi futbolchilarni sotib olishga mablag‘ ajratdi

Londonning “Arsenal” jamoasi rahbariyati transfer oynasi vaqtida yangi futbolchilarni sotib olish uchun mablag‘ ajratganligini ma’lum qildi.

Endilikda klub ustozi Arsen Venger yana 70 million evro miqdorida mablag‘ sarflay oladi. Bunga qadar klub 50 million evroni ishlatib bo‘lgandi.

Hozirda Venger jamoaga bir nafar hujumchi va himoyachini taklif qilishni rejalashtirgan. Shu o‘yinchilarni sotib olish uchun jamoa rahbariyati 70 million evro berishga rozi bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, “to‘pchilar” yaqin orada Aleksandr Lakazett va Shkodran Mustafilar bilan kelishuvga erishishi kutilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Izzat
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.