Italiya kubogi. Yarim final juftliklari bilan tanishing

Italiya kubogi. Yarim final juftliklari bilan tanishing

Italiya kubogining chorak finalidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar o‘z nihoyasiga yetdi. Unda \"Inter\" \"Bolonya\"ga, \"Roma\" esa \"Latsio\"ga mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etgan bo‘lsa, \"Atalanta\" \"Milan\" ustidan zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. So‘nggi uchrashuvda \"Yuventus\" 4:0 hisobda \"Frosinone\"ni taslim qildi.

Shu tariqa, Italiya kubogining yarim finalining juftliklari ma’lum bo‘ldi.

\"Bolonya\" - \"Atalanta\"

\"Latsio\" - \"Yuventus\"

Ikkala bahs ham 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Final esa 15 mayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.