Rio–2016. Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekistonga bronza medalini taqdim qildi!


Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari boks musobaqasining -56 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev yarim finalda kubalik bokschiga qarshi bahs olib bordi. Bu haqda \"Darakchi.uz\" xabar berdi.
Afsuski, mazkur jangda vatandoshimizga omad kulib boqmadi va u uch raund yakuniga ko‘ra imkoniyatni boy berdi. Shunday bo‘lsa-da, Ahmadaliev O‘zbekiston terma jamoasiga hisob bo‘yicha beshinchi bronza medalini taqdim qildi.
Bronza medalini rasman taqdirlash marosimi ushbu vazndagi barcha janglar yakuniga etganida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













