Simeone: «Oltin to‘p»ni Ronalduga berishsa kerak, lekin men uni kuchli deb bilmasdim


Madridning «Atletiko» jamoasi bosh murabbiyi Diego Simeone «Oltin to‘p» borasida o‘z fikrini bildirdi.
Argentinalik mutaxassis bu mukofatni Krishtianu Ronalduga berishlarini, lekin u portugaliyalik futbolchini kuchli deb bilmasligini ma’lum qildi.
«Agar jamoaviy g‘alabalarga qaralsa, «Oltin to‘p»ni Ronalduga berishsa kerak. U barcha da’vogarlar orasida raqobatbardoshidir. Ammo men uni yil yakunlari bo‘yicha kuchli deb o‘ylamayman. Nazarimda, Grizmann eng yaxshilar qatoriga kiradi, - deydi Simeone Movistar’ga bergan intervyusida.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













