Yair Rodriges: "Ba’zan u bilan uchrashib, kaltaklagim keladi"

Yair Rodriges: "Ba’zan u bilan uchrashib, kaltaklagim keladi"
Meksikalik yarim yengil vazn (65,8 kg) toifasidagi UFC jangchisi Yair Rodriges (19-4-1 NC) Ispaniya sharafini himoya qiluvchi gruzin jangchisi Iliya Topuriya (14-0) bilan jang qilishni xohlaydi.

\"Ba’zan u bilan uchrashib, kaltaklagim keladi. Agar UFC Ispaniyada turnir o‘tkazishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, men bu kechada jang qilishga tayyorman. Bu uning uyi. Men Topuriyani uning hududida bajonidil do‘pposlagan bo‘lardim\",- dedi Rodriges.

Ma’lumot uchun, Rodriges \"UFC Fight Night 237\" turnirida Brayan ortega bilan jang qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.