Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixiga kirdi

Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixiga kirdi
Foto: UzChess
Kecha, 27 fevral kuni Nodirbek Abdusattorov Prague Chess Festival 2024 turnirining 1-turida Dai Van Nguyen ustidan g‘alaba qozondi. U hozirgacha hech qaysi o‘zbek shaxmatchisi qila olmagan ishni uddaladi.

Nodirbek yangilangan dunyo shaxmat reyting jadvalida top-10 likka chiqib oldi. Uning reytingi bugungi g‘alabadan keyin 2753.5 ga yetdi va 5 karra jahon chempioni Vishvanatan Anandni ortda qoldirdi. Bungacha o‘zbek shaxmatidagi eng yaxshi natija Rustam Qosimjonovga tegishli bo‘lib, u 2715 ochko bilan jahon reytingida 11-o‘rinda qayd etilgan edi.
Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixiga kirdi
Foto: 2700chess
Nodirbek Abdusattorov bugun turnirning ikkinchi turida Vidit Gujratiga qarshi dona suradi.

Chexiyaning Praga shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli turnirda 7 martgacha davom etadi. Turnir mukofot puli e’lon qilinmagan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.