Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnirda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda

Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnirda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda
Chexiya davlatining poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha Prague International Chess Festival turniri bo‘lib o‘tmoqda.

Nodirbek Abdusattorov musobaqaning 3-turidagi qiyin bahsda mezbon shaxmatchi David Navarani mag‘lubiyatga uchratgani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 1 mart kuni ushbu musobaqaning 4-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda hamyurtimiz Gukeshga qarshi dona surdi va yakunda durang qayd etdi.
Nodirbek Abdusattorov xalqaro turnirda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda
Foto: Praguechessfestival
Ushbu durangdan so‘ng Nodirbekning ochkolari 3 taga yetdi va u birinchi o‘rinni saqlab turibdi. Eronlik Parham Maghsoodlooda ham xuddi shuncha ochko bor, ammo Abdusattorov qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga birinchi o‘rinda qayd etilgan.

Nodirbek bugun, 2 mart kuni 5-turdan o‘rin olgan bahsda Mateush Bartelga qarshi dona suradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.