"Manchester Siti" kambek evaziga "Manchester Yunayted"ni mag‘lub qildi!

"Manchester Siti" kambek evaziga "Manchester Yunayted"ni mag‘lub qildi!
APLning 27-turidan o‘rin olgan \"Manchester Siti\" - \"Manchester Yunayted\" uchrashuvi shaharliklarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Dastlab, Reshford ajoyib goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, Foden ham undan qolishmaydigan gol urib, imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. 80-daqiqada 23 yoshli vinger jamoasini oldinga olib chiqdi. Xoland esa o‘yinga nuqtani qo‘ydi.

Shu tariqa, \"Manchester Siti\" 2, \"Manchester Yunayted\" esa 6-o‘ringa joylashdi.

\"Manchester Siti\" – \"Manchester Yunayted\" 3:1
Gol
: 8 - Markus Reshford (Brunu Fernandesh), 56 - Fil Foden (Rodri), 80 - Fil Foden (Xulian Alvares), 90+2 - Erling Xoland (Rodri)
\"Manchester Siti\" – Ederson, Uoker, Ake, Ruben Diash, Stounz, de Bryuyne, Bernardu Silva, Rodri, Foden, Doku (Xulian Alvares, 59), Xoland.
\"Manchester Yunayted\" – Onana, Diogu Dalot, Evans (Viyi Kambvala, 69), Varan, Lindelef, Kazemiro, Brunu Fernandesh, Maktominey, Maynu, Garnacho, Reshford (Antoni, 74).
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.