Terma jamoa Olimpiadaga chiqmasa, Ashurmatov, Tolibjonov, Akromov va Babayan ishdan ketadi

Terma jamoa Olimpiadaga chiqmasa, Ashurmatov, Tolibjonov, Akromov va Babayan ishdan ketadi
Terma jamoa Olimpiadaga chiqmasa, Ashurmatov, Tolibjonov, Akromov va Babayan ishdan ketadi

O‘FF anjumanlar zalida 2014 yilning eng yaxshilarini aniqlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tayotgani va unda federasiya prezidenti Mirabror Usmonov nutq so‘zlagani haqida xabar berib o‘tgandik.

Mirabror Zufarovich o‘z nutqida Olimpiya terma jamoamiz borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Umid qilamizki, Braziliyada bo‘lib o‘tadigan olimpiadada tarixda birinchi marta O‘zbekiston olimpiya terma jamoasini ko‘ramiz!

Baxtiyor Ashurmatov \"Navbahor\" va Olimpiya terma jamoasida ishlaganiga ko‘pchilik norozi bo‘lishi turgan gap. Ammo bu borada biz katta talab qo‘yganmiz. Agar Olimpiya terma jamoasi Riodagi turnirga yo‘l ololmasa nafaqat Ashurmatov, balki Terma jamoalar markazi rahbari Asqar Tolibjonov, professor Rustam Akromov va mas’uliyatli vazifada bo‘lib turgan Samvel Baban ham ishdan ketadi. Bu mutaxassislar futbolimizdan chetlatiladi”, - deydi Mirabror Usmonov.

Manba: www.uff.uz
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.