OCHL 1/4 final. «Al Ayn» dramatik kechgan o‘yinda «An Nasr»ni turnirdan chiqarib yubordi

OCHL 1/4 final. «Al Ayn» dramatik kechgan o‘yinda «An Nasr»ni turnirdan chiqarib yubordi
Foto: Getty Images
Osiyo Chempionlar Ligasida yarimfinalning dastlabki ishtirokchisi ma’lum bo‘ldi.

«Al Ayn»ga safarda minimal hisobda yutqazgan «An Nasr» o‘z maydonida 0:2 hisobini 3:2ga aylantirib, o‘yinni qo‘shimcha bo‘limlarga olib o‘tdi. Qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar bittadan gol urishdi, penaltilar seriyasida esa omad mehmonlarga kulib boqdi. Riyodliklardan Brozovich, Telles va Otavio penaltidan foydalana olishmadi.

Ernan Krespo jamoasi yarimfinalda ham Saudiya klubi bilan o‘ynaydi: «Al Hilol» — «Al Ittihod» (birinchi o‘yin — 2:0) juftligi g‘olibiga qarshi.

OCHL. 1/4 final
Javob o‘yini

An Nasr — Al Ayn 4:3

Penaltilar seriyasi — 1:3.
Gollar: G‘arib (45+5), Eysa (51, avtogol), Telles (72), Ronaldu (117, penalti) — Rahimi (28, 45), Ash Shamsi (103).

An Nasr – An Najar, Al Avjami, Al Fatil (As Sulayhi, 90+2; An Nemer 105), Al Amri (Ayman, 64), Telles, Brozovich, Otavio, Al Haybari, Mane, G‘arib (Al Hasan, 84), Ronaldu.
Al Ayn – Eysa, Hoshimiy, Otonne, Erik (Said Juma, 70), Al Balushi (Muhammad Abbos, 78), Palasios, Pak Vu Yon, Nodir (Ash Shamsi, 99), Muhammad, Romero, Rahimi.
Ogohlantirishlar: Erik (32), Al Balushi (38), Brozovich (45+8), Mane (71), Otavio (84), Rahimi (85), Juma (116).

Chetlatish: Ayman (98).
Birinchi o‘yin — 0:1.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.